🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Atirgul

1.7K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Atirgul
Atirgul sochdim jonim, bogʻu dilingga,
Hirom aylagan shirin soʻzlar qalbingga.
Hey, bir shirin soʻzing eshitolmadim dilingdan,
Tillo uzuk taqib jonim, ketding oʻzga uyingga.
Darveshman, gadoman, hajringda adoman,
Man qalbi yaroman, jonima bedorman.
Atirgulim yoqmasa, sevishim bilmasa,
Borligim koʻrmasa-yu, man telbaman.
Ayrildim kechangdan, tandiru kulchangdan,
Chinorli koʻchangdan, oshigʻi oh, yor-yor.
Xayr ofatijonim, soyai rayhonim,
Dilimdagi humorim, xayr, alvido.
Atirgul sochdim jonim, bogʻu dilingga,
Hirom aylagan shirin soʻzlar qalbingga.
Hey, bir shirin soʻzing eshitolmadim dilingdan,
Tillo uzuk taqib jonim, ketding oʻzga uyingga.
Layloi devonam, soʻzlari mastonam,
Endi maning afsonam, xayr, alvido.
Nastarim, guloyim, soʻzlari muloyim,
Armondir qora choyim, jonim alvido.
Ayrildim kechangdan, tandiru kulchangdan,
Chinorli koʻchangdan, oshigʻi oh, yor-yor.
Xayr ofatijonim, soyai rayhonim,
Dilimdagi humorim, xayr, alvido.
Atirgul sochdim jonim, bogʻu dilingga,
Hirom aylagan shirin soʻzlar qalbingga.
Hey, bir shirin soʻzing eshitolmadim dilingdan,
Tillo uzuk taqib jonim, ketding oʻzga uyingga. (x2)
Atirgul sochdim jonim, bogʻu dilingga,
Hirom aylagan shirin soʻzlar qalbingga.
Hey, bir shirin soʻzing eshitolmadim dilingdan,
Tillo uzuk taqib jonim, ketding oʻzga uyingga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!