🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Ayriliq

1.6K marta oʻqildi
Rayhon - Ayriliq
Ayriliqning ogʻir zamoni,
Yulduz ketar tashlab samoni,
Egilsa ham taqdir kamoni,
Sevgim, meni tashlab ketmagin.
Vaqti hijron kelsa firoqlab,
Oy ham ketar koʻkdan yiroqlab,
Izlaringni qolmay soʻroqlab,
Sevgim, sevgim, meni tashlab ketmagin.
Hamma darddan, hamma darddan ayriliq yomon,
Qoʻlimdan kelmaydi sizdan ayrilmoq.
Hamma qaygʻudan, hamma qaygʻudan yomondir hijron,
Jonimsiz jondan kechish emas bu oson.
Quyosh, oyim, yulduzim oʻzing,
Gulga bermas gulyuzim oʻzing,
Yolgʻizligim, yolgʻizim oʻzing,
Sevgim, sevgim meni tashlab ketmagin.
Hamma darddan, hamma darddan ayriliq yomon,
Qoʻlimdan kelmaydi sizdan ayrilmoq.
Hamma qaygʻudan, hamma qaygʻudan yomondir hijron,
Jonimsiz jondan kechish emas bu oson. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!