🎵 Qoʻshiq matnlari

Mohim - Yor boʻlay

2.1K marta oʻqildi
Mohim - Yor boʻlay
Daraxtlardan barglar toʻkilsa behol,
Seni jonim, sevganim kelmasin malol.
Bilaman men umrim oʻtadi bekor,
Sensiz oʻtgan qancha tunlarim bedor.
Yoʻllaringga termuladi koʻzlarim,
Seni jonim, kutarman men betinim.
Yigʻlamayman, yolgʻizlikdan qoʻrqmayman,
Sevging birla seni hamon kutarman.
Yor boʻlayin qalbingga,
Yor boʻlayin dardingga,
Yor boʻlayin quvonchingga,
Yor boʻlayin oʻzingga. (x2)
Mayli daryo boʻlib oqsin koʻz yoshim,
Sahrolarda qovjirasin bardoshim.
Koʻzlarimning nuri sinsin yoʻlingda,
Layli boʻlay, telba boʻlay ishqingda.
Bilaman men bir kun keladi damlar,
Unutilib yoʻq alamu bu bogʻlar,
Daraxtlarda ado boʻlsa ham barglar,
Bahor kelar, yana ochar kurtaklar.
Yor boʻlayin qalbingga,
Yor boʻlayin dardingga,
Yor boʻlayin quvonchingga,
Yor boʻlayin oʻzingga. (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!