🎵 Qoʻshiq matnlari

Mahmud Namozov - Toshkentim

1.5K marta oʻqildi
Mahmud Namozov - Toshkentim
Bir olam hayajon, orzular bilan
Esimda bagʻringga intiq shoshganim, (x2)
Mani qishlogʻidan-ey keldi deb bolam,
Suyib quchogʻingga olding, Toshkanim.
Toshkanim, ey, Toshkanim,
Suyib quchogʻingga olding, Toshkanim.
Qancha goʻzallarni suydim, tonmayman,
Qancha sanamlardan kuydim, qonmayman,
Gohida baridan toʻydim, tonmayman,
Faqat sen koʻnglimni bilding, Toshkanim.
Toshkanim, ey, Toshkanim,
Faqat sen koʻnglimni bilding, Toshkanim.
Kim deb yonimga kelmaganlar bor,
Ichimda zoʻr daryo bilmaganlar bor,
U kim deb yonimga kelmaganlar bor,
Ichimda zoʻr daryo bilmaganlar bor,
Koʻrdim, nazarga ham ilmaganlar bor,
Doʻst boʻlib nazarga ilding, Toshkanim.
Toshkanim, ey, Toshkanim,
Doʻst boʻlib nazarga ilding, Toshkanim.
Men sendayin goʻzal kuylarni topdim,
Yana Alpomishday boʻylarni topdim,
Yulduzlarni topdim, oylarni topdim,
Hamisha yonimda turding, Toshkanim.
Toshkanim, ey, Toshkanim,
Hamisha yonimda turding, Toshkanim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!