Mavluda Asalxoʻjayeva feat. Manzura - Qaynona

[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Turishingiz oʻngacha,
Uxlab boʻlasiz shomgacha, (x2)
Sizning har bir odatingiz
Tegib ketdi jongacha. (x2)
[Manzura]
Aybim yuzimga solib,
Ochirmaysiz koʻzlarim,
Har bir ishimdan nolib,
Tushunmaysiz soʻzlarim.
Nimalar qilay, ogʻir mening
Botsa shirin soʻzlarim?
Nimalar qilay, ish bermasa
Mening makru nozlarim.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
Ichimda yonsam kuyib,
Ustimda yurdim kulib, (x2)
Ertayu kech netay,
Shu uyning ishidan hech ortolmadim.
Ertayu kech voy-dod,
Shu uyning ishidan hech ortolmadim.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Gullatvorib hovlimni,
Yoʻlga solib oʻgʻlimni, (x2)
Meni qoyil qoldirishni siz
Bir yilda ham eplolmadiz. (x2)
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
Qarolmay yorimga man,
Aylandim zolimga man, (x2)
Yuribmanda kuyib-yonib,
Oʻzimcha nolib.
Oʻzimniki qilolmadim,
Yoʻlimga solib.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Ulguring har ishga qani,
Qoʻzgʻotmasdan qahrimni,
Oching-chi sirimni mani,
Ochay sizga bagʻrimni.
[Manzura]
Ne boʻlsa ham peshonamdan
Koʻrarmanda borimni,
Qayerga ham ketaman-ey
Tashlab shunday yorimni.
Qaynasangiz ham qaynonajon,
Faqat meni qiynamang,
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Siz ham hadeb kelinposhsho,
Meni yomon oʻylamang.
[Manzura]
Voy nima qilsam oyijon-a,
Ochiladi chehrangiz?
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Chehram ochiladi shu on
Bitta gapdan qolsangiz.
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Turishingiz oʻngacha,
Uxlab boʻlasiz shomgacha, (x2)
Sizning har bir odatingiz
Tegib ketdi jongacha. (x2)
[Manzura]
Aybim yuzimga solib,
Ochirmaysiz koʻzlarim,
Har bir ishimdan nolib,
Tushunmaysiz soʻzlarim.
Nimalar qilay, ogʻir mening
Botsa shirin soʻzlarim?
Nimalar qilay, ish bermasa
Mening makru nozlarim.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
Ichimda yonsam kuyib,
Ustimda yurdim kulib, (x2)
Ertayu kech netay,
Shu uyning ishidan hech ortolmadim.
Ertayu kech voy-dod,
Shu uyning ishidan hech ortolmadim.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Gullatvorib hovlimni,
Yoʻlga solib oʻgʻlimni, (x2)
Meni qoyil qoldirishni siz
Bir yilda ham eplolmadiz. (x2)
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Oh, mani buncha kelinposhsha,
Qaynatasiz qonimni?
Bu ketishda sizga qanday
Ishonay roʻzgʻorimni?
[Manzura]
Voy nima qilay, qaynonajon,
Oʻgʻlingiz shoʻx, yomonda,
Undan oʻtar sizning nozik
Koʻnglingiz bir tomonda.
Qarolmay yorimga man,
Aylandim zolimga man, (x2)
Yuribmanda kuyib-yonib,
Oʻzimcha nolib.
Oʻzimniki qilolmadim,
Yoʻlimga solib.
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Ulguring har ishga qani,
Qoʻzgʻotmasdan qahrimni,
Oching-chi sirimni mani,
Ochay sizga bagʻrimni.
[Manzura]
Ne boʻlsa ham peshonamdan
Koʻrarmanda borimni,
Qayerga ham ketaman-ey
Tashlab shunday yorimni.
Qaynasangiz ham qaynonajon,
Faqat meni qiynamang,
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Siz ham hadeb kelinposhsho,
Meni yomon oʻylamang.
[Manzura]
Voy nima qilsam oyijon-a,
Ochiladi chehrangiz?
[Mavluda Asalxoʻjayeva]
Chehram ochiladi shu on
Bitta gapdan qolsangiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!