Otabek Mutalxoʻjaev - Sogʻlom bola

Tongda tilab pok niyat, qilsa badan tarbiya,
Undan olsa kuch-quvvat, har kuni boʻlsa odat,
Koʻcha-koʻyda odobli, qilgan ishi savobli,
Kattani qilib hurmat, kichikni qilib izzat.
Demak, u sogʻlom bola, boʻlajak polvon bola,
Hech kimdan kam boʻlmagan, oʻzi bek, oʻgʻlon bola. (x2)
Oʻzi kamtar, hokisor, oʻqish, mehnatda ilgʻor,
Har yumushda madadkor, hech kimga bermas ozor.
Sevsa sevimli yurtim, toʻtiyo qilib qadrin,
Ardoqlab obod qilsa, oʻzin yurtparvar bilsa.

Hech kimdan kam boʻlmagan, oʻzi bek, oʻgʻlon bola. (x3)
Demak, u sogʻlom bola.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!