🎵 Qoʻshiq matnlari

Dineyra - Yigʻlayman

1.3K marta oʻqildi
Dineyra - Yigʻlayman
Toʻxtat, nuqta qoʻy tuygʻularga,
Yoʻl ochma qaygʻularga,
Tundagi yogʻdularga zulmat sochmagin.
Jim boʻl, soʻzlamagin endi, bas qil,
Men yoningga qaytmayman bil,
Koʻzlaringni olib qochmagin.
Tinch qoʻy endi meni,
Koʻrmay boshqa seni.
Sening koʻzlaringda topa olmadim
Men hech ham sevgimni.
Qaragin bir yomgʻirga,
U seni yuvib ketar mening qalbimdan,
Yigʻlayman toʻkmasdan koʻz yosh.
Bera olarman bardosh,
Endi bil, yuragim tosh,
Tosh yurak ila yigʻlayman, yigʻlayman.
Menga xiyonat qilding, yetar,
Alamlar qalbim oʻrtar,
Armon koʻz yoshim artar,
Mening hayotimdan ket.
Dunyoimni tark et,
Manzilingga bir oʻzing yet,
Men ham toparman oʻz yoʻlimni.
Tinch qoʻy endi meni,
Koʻrmay boshqa seni.
Sening koʻzlaringda topa olmadim
Men hech ham sevgimni.
Qaragin bir yomgʻirga,
U seni yuvib ketar mening qalbimdan,
Yigʻlayman toʻkmasdan koʻz yosh.
Bera olarman bardosh,
Endi bil, yuragim tosh,
Tosh yurak ila yigʻlayman, yigʻlayman. (x2)
Endi yolgʻizsan, chunki mensizsan,
Yigʻla unsiz, bu taqdir.
Tunlari tanhosan, sen yolgʻiz dunyosan,
Koʻzingda najot yoʻqdir.
Soʻnggi bor qara koʻzlarimga,
Soʻnggi bor tingla soʻzlarimni,
Qaytmayman xatolarimga men, ishon.
Qaragin dardli bu yomgʻirga,
Seni yuvib ketar mening bu hayotimdan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!