🎵 Qoʻshiq matnlari

Mango guruhi - Kim aybdor

1.6K marta oʻqildi
Mango guruhi - Kim aybdor
Ikkimizning ajralishimizga,
Baxtga teskari yurishimizga,
Kim aybdor?
Paydo boʻldi oʻrtada gumon,
Ketmoqdamiz ayriliq tomon,
Kim aybdor?
Ajralish uchun sevdimmi seni?
Bahonalaring yemirib borar meni,
Siz meni sevmaysiz degan
Gaplaring qiladi alam.
Oʻylab koʻr, sen bilan
Oʻtgan umrim ketdimi bekor?
Tushunmasang meni,
Soʻzlaringda ayt ne maʼno bor?
Aybni faqat mendan izlamasdan
Ber oʻzingga savol:
Takror va takror, kim aybdor,
Aytgin kim aybdor?
Sarson boʻldi oʻrtada sevgi,
Balki emasman uning tengi,
Kim aybdor?
Oʻylar edim uni har nafas,
Bu kunlarni qilmadim havas,
Kim aybdor?
Balki bilgansan mendan ketishingni,
Bilmadim sevgimni oʻyin etishingni,
Yolgʻonlaringdan charchadim,
Oʻzing bilasan, ketaver.
Oʻylab koʻr, sen bilan
Oʻtgan umrim ketdimi bekor?
Tushunmasang meni,
Soʻzlaringda ayt ne maʼno bor?
Aybni faqat mendan izlamasdan
Ber oʻzingga savol:
Takror va takror, kim aybdor,
Aytgin kim aybdor? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!