Ummon - Jonim yur

Beraman bitta savol, boshqa savolim yoʻq,
Men bilan boʻlging keladimi, ha yoki yoʻq?
Agar xohlasang olib ketaman seni yiroqqa, uzoqqa.
Lekin shoshma ozgina vaqt bor, yana oʻylab koʻr,
Balki boʻlgin kelmaydi men bilan.
Yoki aksincha yuraging zor, javob ham tayyor,
Sen rozisan men bilan.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim soʻroqda, soʻroqda.
Sen bilan agar orzularim bogʻlansa,
Sen bilan osmonlardan baland uchamiz,
Oldingidan yiroq, dengizga yaqinroq,
Sen bilan qanot qoqib uchamiz, uchamiz…
Sen mening osmonimsan, yulduzlarga toʻla,
Sen mening oftobimsan, yonasan nur socha.
Sochlaring shamol uchiradi erkalab,
Har kun uygʻonganingda ertalab.
Agar men bilan boʻlsang boʻlardim xursand,
Qalbimda qolmasdi na dard, gina, alam.
Hamma yorugʻliklarni koʻrsatib birdan,
Seni baxtliroq qilar edim hammadan.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim soʻroqda, soʻroqda.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Yulduzlardan balandroqqa, dengizlardan chuqurroqqa.
Qayerga xohlasang yur, boʻlasan mani-mani malikam,
Man sani-sani-sani shahzodang, ikkimiz va dengiz.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!