Shohjahon Joʻraev - Seni sevdim

Seni sevdim, quvondi dil,
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor.
Bir koʻrishda shaydo qilding,
Es-xushimdan judo qilding.
Tuygʻularim oʻyin bilib,
Bir umrlik xato qilding.
Gʻurur toʻnim yechmas edim,
Benaf olov kechmas edim,
Bilsam senga sharbat tutib,
Oʻzim ogʻu ichmas edim.
Seni sevdim, quvondi dil,
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor.
Mani bemor yuz aldadi,
Boldek shirin soʻz aldadi.
Yolgʻon yigʻlab, yolgʻon kulib,
Boqqan jodu koʻz aldadi.
Olisda oy koʻzlamasman,
Dardim yelga soʻzlamasman.
Ul nigordan koʻnglim qolgan,
Farishta ham izlamasman.
Seni sevdim, quvondi dil,
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor. (x3)
Seni sevdim…
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor.
Bir koʻrishda shaydo qilding,
Es-xushimdan judo qilding.
Tuygʻularim oʻyin bilib,
Bir umrlik xato qilding.
Gʻurur toʻnim yechmas edim,
Benaf olov kechmas edim,
Bilsam senga sharbat tutib,
Oʻzim ogʻu ichmas edim.
Seni sevdim, quvondi dil,
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor.
Mani bemor yuz aldadi,
Boldek shirin soʻz aldadi.
Yolgʻon yigʻlab, yolgʻon kulib,
Boqqan jodu koʻz aldadi.
Olisda oy koʻzlamasman,
Dardim yelga soʻzlamasman.
Ul nigordan koʻnglim qolgan,
Farishta ham izlamasman.
Seni sevdim, quvondi dil,
Toʻrt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, toʻlgʻondi dil,
Toʻrt tomonim alam-ozor. (x3)
Seni sevdim…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!