🎵 Qoʻshiq matnlari

Shoxrux - Yoron-ey

2K marta oʻqildi
Shoxrux - Yoron-ey
Ha koʻnglimga yoqasan, ha koʻzimga oyday koʻrinasan,
Lekin-a negadir holatim shu kuyga koʻnikmas,
Hali beri nari koʻnglingga yoʻl topilmas.
Gapir-gapirma, boshingni qotirma,
Iltimos qilgandan umuman nima yoʻq foyda.
Deganing degan, aytganing aytgan,
Bizning gap esa negadir ohirgi rejada.
Yoron-ey, yoron-ey, hadeb ozor berma,
Janonim, janon-ey, nochor qilma.
Yoron-ey, yoron-ey, sabrimni sinama,
Janonim, janon-ey, tuygʻularimni soʻndirma.
Turishimni qara, qoʻlda guldasta,
Koʻzlarim mushtogʻu yuragim hasta.
Bir soat boʻldi, toqatim oʻldi,
Sen esa yoʻq, bir boʻlarim boʻldi.
Kayfiyat yaxshi, o yomoni emas,
Boʻldi yetar endi, keragi emas.
Koʻzimga koʻrinma, aldamchi yovuz,
Deya olmayman, mani asalim afsus.
Yoron-ey, yoron-ey, hadeb ozor berma,
Janonim, janon-ey, nochor qilma.
Yoron-ey, yoron-ey, sabrimni sinama,
Janonim, janon-ey, tuygʻularimni soʻndirma.
Janonim erkam, erkala mayli,
Yuragimni pora qilsang ham mayli.
Yuzimga qaraganingda rostingni gapir,
Kechikkaningda koʻp kutsam ham mayli.
Kulganingni koʻrib asabim bosilar,
Senga boʻlgan mehrim yana oshar.
Baribir sevaman qanchalar,
Yonimda doim oʻzingni koʻrgim kelar, koʻrgim kelar.
Yoron-ey, yoron-ey, hadeb ozor berma,
Janonim, janon-ey, nochor qilma.
Yoron-ey, yoron-ey, sabrimni sinama,
Janonim, janon-ey, tuygʻularimni soʻndirma.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!