🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Intizorim

1.9K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Intizorim
Aksing koʻzimdan oʻtar,
Hijronlar bizni yutar,
Meni sendek kim kutar,
Oʻzimning intizorim. (x2)
Ketmoqdaman, yoʻldaman,
Sensizlikda choʻldaman,
Yigʻladingmi doʻldaman,
Oʻzimning intizorim. (x2)
Yonib suydim-a,
Dil oʻydim-a,
Sogʻintirib qoʻydim-a,
Oʻzimning intizorim. (x2)
Tunda boqsam oydasan,
Soyga boqsam soydasan,
Aytchi oʻzing qaydasan,
Oʻzimning intizorim? (x2)
Sogʻinch sahri yomonda,
Koʻzlarim sen tomonda,
Qoshing koʻrdim kamonda,
Oʻzimning intizorim. (x2)
Yonib suydim-a,
Dil oʻydim-a,
Sogʻintirib qoʻydim-a,
Oʻzimning intizorim. (x4)
Oʻzimning intizorim.
Biz ekkan oʻshal nihol
Boʻlibdi majnuntol,
Yetib keldim, kutib ol,
Oʻzimning intizorim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!