🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Azob

2 daqiqa 1.8K marta oʻqildi
Ummon - Azob
Gapirma jim, oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim,
Yoʻlimdan qoch, hammasidan toʻyib ketdim.
Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab.
Ketarman, lekin nimadir mani ortimga tortar,
Lek ishonaman, bir kun yurak uni unutar.
Hayotda xatoyim boʻldi man sani uchratganim,
Undanam battari boʻldi sani sevib qolganim.
Lekin toʻlib qolgan sabr kosam,
Ketaman izlab yordam, yuragim toʻxtab boʻlgan.
Qoʻllarim koʻksimga qoʻysam – olsam,
Qoʻllarim qon, oʻsha qonda ham sening visoling namoyon.
Endi yuragim urmasa, kimga ham kerakman?
Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
Oʻzi kerak boʻlganmi bu dunyoda bir zum,
A hech boʻlmasa, sogʻinganmiding mani bir kun?
Koʻzlarim xiralashdi, yuragim umuman yoʻq,
Astalab kun botardi, orqaga esa yoʻl yoʻq.
Koʻchada qish kunlari, manga yomon sovuq,
Shunda ham sani eslardim, sanga qizigʻi yoʻq!
Sanga qizigʻi boʻlmasa, kimga qizigʻi bor,
Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
San ham mendan voz kechding, endi menda hech yoʻq,
Mani uyqum keladi, lekin koʻchada sovuq.
Agar xozir uxlasam, uygʻonmasligim tayin,
Koʻkarib ketdi lablarim chidayolmadim.
Koʻzlarim yumildi, yaxlab qolgan kipriklarim,
Bir-biriga ulandi, hammasi bugun tugadi.
Koʻzlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir oʻzim,
Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar.
Lekin mehrga toʻla koʻzlar, mani asrab qoldi 18 yoshli goʻzal,
Oradan oʻtardi kunlar, lekin mani qiynardi hamon oʻsha oʻylar.
Hatto begona insonchalik boʻlolmading menga,
Shu begona insonlar malham boʻldi dardimga.
18 yoshli qiz tuygʻusi mani uygʻotdi,
Agar shu qiz boʻlmaganda borardim qayoqga?
Mehribon ekan, qutqardi mani oʻlimdan,
Oʻsha kuni baxt uchradi manzili yoʻq yoʻldan.
Astalab sekin unga tushdi koʻnglim,
Unga berdim mehrim, lek yuragim berolmadim.
Chunki oʻsha ayanchli kun yurak qoldi senda,
Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda?
Lekin esingdan chiqarma – bir kun kelib boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yoʻq,
Manda mashina bor, kiyim-kechaklarim koʻp.
Axir senga yoqmasmidi kimda mashina boʻlsa,
Kimda kiyimlari koʻp, har kuni almashtirsa?
Oʻsha payt man netay, sharoitim boʻlmagan,
Axir sen emasmiding mani shu koʻyga solgan?
Bugun kun botib, sani oldingga boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Yaqinlashganim sari san tomonga
Ich-ichimdan toʻlib ketdim negadir hayajonga.
Eshik oldida turib, ozgina shoshilmadim,
Avval uying atrofiga nazarimni tashladim.
Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan,
Bu yerda xalovat tugab, yovuzlik hukm surgan.
Oʻylanib qoldimda, soʻngra bosdim tugmani,
U esa chiqib keldi, koʻzlarida yoshlari.
Yoshini koʻrib, ichimdan suyunib ketdim,
Axir mani ahvolimga u achinmagan edi.
Oʻylab koʻrsam manga u yurakning keragi yoʻq,
Manda boshqa yurak, manga oʻsha yurak kerak.
Sanda qolib ketganini esa oʻzingga olib qoʻy,
Unga sandan boshqa hech kim sigʻmaydi bilib qoʻy.
Keyin chiqib ketdim, ortimni oʻgirib,
U esa ortimdan chiqdi yalinib-yolvorib.
Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon,
Axir sani sevganimda ketding mani oʻldirib.
Gapirma jim, oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim,
Yoʻlimdan qoch, hammasidan toʻyib ketdim.
Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab. (x2)
Gapirma, gapirma jim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!