🎵 Qoʻshiq matnlari

Abdurashid Yoʻldoshev - Xabaring yoʻq

1.7K marta oʻqildi
Abdurashid Yoʻldoshev - Xabaring yoʻq
Yorim, xabaring yoʻq,
Mandan xabaring yoʻq,
Koʻnglimni yorit desam, yorim-a,
Afsus, xabaring yoʻq. (x2)
Vasling kuni deb yonsa ham
Joni omoning bor, yorim xabaring yoʻq.
Mushtoq boʻlibon yoʻlingga
Rangi somoning bor, aslo nazaring yoʻq.
Gulgun yuzingga maftun boʻlib,
Qolmadi toqat, koʻnglimda farogʻat.
Desamki, yorim man kabi zulmat
Osmoning bor, afsus qamaring yoʻq.
Yorim, xabaring yoʻq,
Aslo nazaring yoʻq,
Koʻnglimni yorit desam, yor-ay,
Afsus, xabaring yoʻq. (x2)
Soching torini bogʻlab olib
Boʻynima mahkam man oshigʻi bekam,
Yursam shodimon, oʻq otdi
Qosh-u kamoning bor, ammo zararing yoʻq.
Kunduz boqayin oy yuzingga
Desamki takror, boʻlgandim umidvor.
Bundoq qarasam, shoming ayon
Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yoʻq?
Bundoq qarasam, shoming ayon
Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yoʻq?
Yorim, xabaring yoʻq,
Aslo nazaring yoʻq,
Koʻnglimni yorit desam, yor-a,
Afsus, xabaring yoʻq. (x2)
O-o, nozing alami jondan oʻtib,
Qonga ulandi-ya, soʻng ayladi bandi,
Gʻamzang mayida jonni oʻrtovchi
Nordoning bor, qandu shakaring yoʻq.
Holimni koʻrib ketsang desang,
Chiqib jon kabi, chaqsang chayon kabi,
Yorim, Botirni oʻldirmoqqa
Ming imkoning bor, garchi zaharing yoʻq.
Yorim, xabaring yoʻq,
Aslo nazaring yoʻq,
Koʻnglimni yorit desam, yorim-a,
Afsus, xabaring yoʻq. (x2)
Yorim, xabaring yoʻq,
Yorim, xabaring yoʻq…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!