🎵 Qoʻshiq matnlari

Dilsoʻz - Kutaman kelsangiz agar

1.2K marta oʻqildi
Dilsoʻz - Kutaman kelsangiz agar
Eski shahar taraf keling,
Bilmasangiz soʻrab keling, (x2)
Sogʻingan boʻlsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Sochlaringiz tarab keling,
Oynaga ham qarab keling, (x2)
Sogʻingan boʻlsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Pahlavon beshta akam bor,
Yana uchta shoʻx ukam bor, (x2)
Qoʻrqmasangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Otamning jahli yomon,
Bilsa qoʻymas omon, (x2)
Lahzada mushtin tugar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Eski shahar taraf keling,
Bilmasangiz soʻrab keling,
Sogʻingan boʻlsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar.
Sogʻingan boʻlsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar.
Onam uyning bekasi,
Man ularning erkasi, (x2)
Erkaligim ham tugar,
Kutaman, kelsangiz agar.
Erka qizligim ham tugar,
Kutaman, kelsangiz agar.
Koʻnsangiz gar shartiga,
Aylanib yigit mardiga, (x2)
Yorim sevsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Eski shahar taraf keling,
Bilmasangiz soʻrab keling, (x2)
Sogʻingan boʻlsangiz agar,
Kutaman, kelsangiz agar. (x2)
Eski shahar taraf keling…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!