Ruhshona - Vatan

Bobolardan meros qolgan nur vatan,
Boyliklarga makon boʻlgan dur vatan,
Quchogʻi keng, bagʻri issiq nur vatan,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Bir hovuch tuprogʻing surtib yuzimga,
Seni ona dedim qarab oʻzimga,
Sendan boʻlak sirim aytaman kimga,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borligʻim vatan.
Onaizorim, koʻngilda borim,
Tengsiz chamanim oʻzing vatan.
Har qadamda senga jon fido qilay,
Senga yaxshilikning kamolin koʻray,
Tinchsan, osudasan, osmoning yorqin,
Madhing qoʻshiq qilib tillarda kuylay.
Bagʻring goʻzal, misoli jannatdir goʻyo,
Farovon hayoting himmatdir goʻyo,
Senga tan bermoqda hatto bu dunyo,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borligʻim vatan.
Onaizorim, koʻngilda borim,
Tengsiz chamanim oʻzing vatan. (x2)
Borimsan Vatan!
Boyliklarga makon boʻlgan dur vatan,
Quchogʻi keng, bagʻri issiq nur vatan,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Bir hovuch tuprogʻing surtib yuzimga,
Seni ona dedim qarab oʻzimga,
Sendan boʻlak sirim aytaman kimga,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borligʻim vatan.
Onaizorim, koʻngilda borim,
Tengsiz chamanim oʻzing vatan.
Har qadamda senga jon fido qilay,
Senga yaxshilikning kamolin koʻray,
Tinchsan, osudasan, osmoning yorqin,
Madhing qoʻshiq qilib tillarda kuylay.
Bagʻring goʻzal, misoli jannatdir goʻyo,
Farovon hayoting himmatdir goʻyo,
Senga tan bermoqda hatto bu dunyo,
Tengsizimsan, tuprogʻi zar vatanim.
Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borligʻim vatan.
Onaizorim, koʻngilda borim,
Tengsiz chamanim oʻzing vatan. (x2)
Borimsan Vatan!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!