🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Bum-bum

1.3K marta oʻqildi
Ummon - Bum-bum
Koʻzlarini suzmasin-ey,
Kipriklari bir kamon-kamon.
Haddilaridan oshmasin-ey,
Shu nozlaridan holim yomon.
Oʻzidan ha qoʻymasin-ey,
Nazmu taronam orzu-armon.
Shakarim manim, arzanda erkam,
Soʻzlasang agar rangim somon.
Kechalari uyqum daydi, oh qora koʻz,
Boshimga balo, ichimda dardim bilarman oʻzim.
Parvo qilmay, yonimdan oʻtib, aytmaysan bir soʻz,
Borib holing soʻragani hech yetmaydi qurbim.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum qani yuzimda tabassum,
Ichimda buyuk xumora chora, ay-ay.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum oshiqmanu maʼlum,
Ishqida bemor man bechora hay-ay.
Togʻu tosh kezdim, togʻlardan oshdim,
Sevdim-u oʻzga sayyoralar ochdim.
Qalbimda qaynar biqir-biqir,
Noyob-u gʻaroyib muhabbatim.
Boraman bir vaqtiga, aha,
Oʻsha kechagi joy maʼqul, aha.
Kelmasligingni bilib turib nechun
Kun davomida kutaman, aha?
Kechalari uyqum daydi, oh qora koʻz,
Boshimga balo, ichimda dardim bilarman oʻzim.
Parvo qilmay, yonimdan oʻtib, aytmaysan bir soʻz,
Borib holing soʻragani hech yetmaydi qurbim.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum qani yuzimda tabassum,
Ichimda buyuk xumora chora, ay-ay.
Bum-bum-bum, bu-bum-bum oshiqmanu maʼlum,
Ishqida bemor man bechora hay-ay. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!