🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Beqarorimnimu dey

1.4K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Beqarorimnimu dey
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra boʻlgʻon roʻzgorimnimu dey?
Kunduz oʻlsa, tungacha aytaymu bepoyon gʻamim,
Kecha boʻlsa, tonggʻa tegru holi zorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Hajri qotil birla koʻnglum holatinmu sharh etay, (x2)
Dardi muhlik ichra joni beqarorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Telbayu madhushu bexud dema kim qildi seni,
Laʼli maygun, soʻzi mulk, koʻzi xumorimnimu dey?
Bobur, ul oyning quyoshdek orazi hijronida
Tonggʻa tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey? (x2)
Yo qoshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra boʻlgʻon roʻzgorimnimu dey?
Yo sochingdek tiyra boʻlgʻon roʻzgorimnimu dey?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!