🎵 Qoʻshiq matnlari

Nuriddin Haydarov - Ayronchi qiz

3K marta oʻqildi
Nuriddin Haydarov - Ayronchi qiz
Sotar edi yoʻlda bir qiz ayrongina,
Taqib olib chakkasiga rayhongina. (x2)
Husnin koʻrib, bizning yurak hayrongina. (x2)
Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
Oʻrgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)
Ayronidan kosachaga quyib-quyib,
Menga tutdi qovoqlarin uyib-uyib. (x2)
Nahot qolar yurakkinam kuyib-kuyib? (x2)
Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
Oʻrgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)
Qayga borsang, ortlaringdan qolmasman hech,
Yuraverib izlaringdan tolmasman hech.
Oʻzgalardan ayron endi olmasman hech. (x2)
Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
Oʻrgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)
Oʻrgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!