🎵 Qoʻshiq matnlari

Malika Ravshanova - Vatani

1.4K marta oʻqildi
Malika Ravshanova - Vatani
Yalpiz yayrar dalada,
Bogʻlarda yoʻq alami,
Suv boʻyida silkinar –
Vatani-da, Vatani.
Yulduz koʻkka atalgan,
Maysa yerda ungani,
Alishmaydi oʻrnini –
Vatani-da, Vatani.
Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.
Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani.
Musofir rangi somon,
Talpinar yurt koʻrgani,
Tuproqdoshi qadrdon –
Vatani-da, Vatani.
Har yoʻl, har kuyga solib,
Arziydi maqtagani,
Shu yurt erki boʻlaymi –
Vatani-da, Vatani.
Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.
Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani.
Burgut osmon begidir,
Togʻlar uning koʻrkidir,
Boshda qoladi tani –
Vatani-da, Vatani.
Har yoʻl, har kuyga solib,
Arziydi maqtagani,
Shu yurt erki boʻlaymi –
Vatani-da, Vatani.
Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.
Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani. (x2)
Vatani-da, Vatani…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!