🎵 Qoʻshiq matnlari

Muzaffar Mirzarahimov - Lolajon

2.7K marta oʻqildi
Muzaffar Mirzarahimov - Lolajon
Shamollarda sinmading lolam,
Boʻronlarga dosh bera olding.
Qor tagida qolganda olam
Koʻzlarimda yosh boʻlib qolding.
Titrayverdim sovuqdan yupun,
Izgʻirinda tentirab yurdim.
Seni qamrab oldi qor-quyun,
Yonginangda tikilib turdim.
Lolajon, mening lolam,
Seni sigʻdirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.
Nechun mendek bir bagʻritoshni
Yagonamsan, mardimsan deding?
Qahratondan qoʻrqqan bardoshni
Unutilmas dardimsan deding.
Lolam, meni kechirgin, lolam,
Gunohkorman sening yoningda.
Qor tagida qolganda olam,
Asrolmadim seni bagʻrimda.
Lolajon, mening lolam,
Seni sigʻdirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.
Lolajon, mening lolam,
Seni sigʻdirolmadi nahot keng, yorug’ olam?
Sogʻindim, koʻrgim kelar,
Bizga torlik qildi hammaga keng…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!