🎵 Qoʻshiq matnlari

Yodgor Mirzajonov - Devona boʻldim

1.6K marta oʻqildi
Yodgor Mirzajonov - Devona boʻldim
Qadam bosib, gulshan tomon ravona boʻldim,
Gulshanda oy yuzing koʻrib devona boʻldim. (x2)
Gulshan gullarida dona-dona saralab,
Boqding yor qayrilib, oʻzdan begona boʻldim. (x2)
Qadam bosib, gulshan tomon ravona boʻldim,
Gulshanda oy yuzing koʻrib devona boʻldim.
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim,
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim.
Tim qora qoshlaring qaldirgʻoch qanotidek, (x2)
Husning shuʼlasidan, oh, qalbim yona boʻldim. (x2)
Izingdan izma-iz yurib manzilga yetmam,
Yoʻlimni yoʻqotib, zor ming sarsona boʻldim. {x2}
Qadam bosib, gulshan tomon ravona boʻldim,
Gulshanda oy yuzing koʻrib devona boʻldim.
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim,
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim.
Kechalari bedor boʻlib, oyga boqarman,
Oyda koʻrib asling sening, hayrona boʻldim,
Hayrona boʻldim.
Dilga ishqing oʻti tushib, qoldim oʻzgarib,
Vaslingga termulib, netay parvona boʻldim,
Parvona boʻldim
Dil koʻrmagan senday goʻzal, taʼrifi gʻazal, (x2)
Goʻzalliging taqdir azal, giryona boʻldim. (x2)
Qadam bosib, gulshan tomon ravona boʻldim,
Gulshanda oy yuzing koʻrib devona boʻldim. (x2)
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim,
Devona boʻldim, oʻzdan begona boʻldim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!