🎵 Qoʻshiq matnlari

Setanho guruhi feat. Ravshan Sobirov - Xayr maktabim

2.5K marta oʻqildi
Setanho guruhi feat. Ravshan Sobirov - Xayr maktabim
[Ravshan Sobirov]
Bahorning soʻnggi kunlari,
Tugar bolalik chogʻlari.
Jaranglaydi soʻnggi qoʻngʻiroq,
Xayr maktabim,
Xayr doʻstlarim, shoʻxligim.
[Setanho (Setora) guruhi]
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bagʻringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yoʻl tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr shoʻxligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr doʻstlarim. (x2)
[Ravshan Sobirov]
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuygʻularga,
Faqat bugun men shuni bildim,
Qanchalik jonim,
Sen kerakliging menga.
[Setanho (Setora) guruhi]
Yodimda sen yozgan maktub,
Begʻubor sevgi izhori.
Qaytgim kelar oʻsha kunlarga,
Bolaligimga,
Sen bilan birga maktabga.
Xayr maktabim, xayr shoʻxligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr doʻstlarim. (x4)
Xayr maktabim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!