🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Mamadaliyev - Doʻst topmadim

2.4K marta oʻqildi
Sardor Mamadaliyev - Doʻst topmadim
Bu dunyoda sodiq bir doʻst topolmadim,
Bu dunyoning nayrangiga chidolmadim.
Kimga yoqdim, kimning koʻnglin ololmadim,
Otamdayin, otamdayin doʻst topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.
Mol-dunyoning oshnolari koʻp,
Bir yigit umrining shaydolari koʻp.
Yosh boshimning buncha gʻavgʻolari koʻp,
Otamdayin, otamdayin doʻst topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.
Nainki dunyoda oʻksib yashayman,
Fisqu-fasodlardan bezib yashayman.
Lek otam duosin olib yashayman,
Otamdayin doʻst topmadim, birodarlar,
Onamdayin doʻst topmadim, birodarlar.
Valeneʼmatimning erka ogʻliman,
Yaratgan Egamga sodiq gʻulomman.
Bir kuni el ichra qadr toparman,
Lek otamday doʻst topmadim, birodarlar,
Onamdayin doʻst topmadim, birodarlar.
Hey, otamdayin doʻst topmadim, birodarlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!