Tushda Asalari qutisi koʻrsa

Tushda asalari qutisini koʻrish bu yaqin kelajakda sizning koʻplab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini koʻzdan kechirayotganliklarini koʻrsangiz, bunday tush unchalik uzoq, boʻlmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak boʻlishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini oʻz qoʻlingiz bilan yasayotganligingiz tushda koʻrinsa - oʻngda yoʻlingizda paydo boʻlgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini koʻrsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta taʼsir koʻrsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni koʻrsangiz – koʻngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan koʻnglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, oʻsha, siz hozirgacha oʻzingizning eng yaxshi doʻst deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy boʻlib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yoʻq uyni koʻrish - jiddiy yoʻqotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!