Tushda Kema koʻrsa

Kema - yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani koʻrish - tush koʻruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda koʻrish - sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bogʻlangandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa - bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yoʻlida turli toʻqnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda koʻrish - bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bogʻlash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni oʻzgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa - bu toʻsatdan tinchlikning buzilishi, urush eʼlon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush koʻruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, koʻp qaygʻu va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush koʻrish - bu dunyo miqyosidagi halokatlar - koinot jismlari bilan toʻqnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining roʻy berish alomatidir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!