🌙 Tush tabiri

Tushda Yoʻl koʻrsa / Тушда Юул / Йул курса

1 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Tushda Yoʻl koʻrsa / Тушда Юул / Йул курса
Tushda boʻsh koʻcha boʻylab borayotganlik - haqiqiy hayotda siz nimanidir jon-jaxdingiz bilan yashirayotganligingiz belgisi. Bu bexuda. Faqat qandaydir odamning ishingizga aralashuvigina sizga yordam beradi. Tushda yoʻl koʻrish - kelgusida siz buyoʻq kashfiyot qilib, koʻp kishilarning xurmatini qozonishingizni bildiradi. Agar sizning yordamchilaringiz koʻp ekanligi tushga kirsa, bunday tush uncha uzoq vaqt utmasdan nomaʼlum, juda boy yer ochilishini bildiradi. Birvarakay uchta parallel yoʻlni tushda koʻrsangiz, bu sizning aybingiz bilan avtomobil toʻqnashuvi sodir boʻlishining alomatidir. Ushbu tushdagi 3 raqamini turli yoʻllar bilan izoxlash mumkin: 1) u toʻqnashuv paytida jabrdiydalar sonini anglatishi mumkin; 2) toʻqrashuvda 3 ta mashina boʻlgan boʻlishi mumkin; 3) avariya chorraxada sodir boʻladi. Tushda egri-bugri yoʻlni koʻrish - bu sizning kelgusi xayotingiz barqaror boʻlmasligidir. Ehtimol bunday tush siz yashayotgan davlat xokimiyatining tepasida tajribasiz kishi turganligini biddiradi. Bu rahbar asta-sekin davlatni qulab tushishiga olib keladi, chunki u iqtisodiyot va siyosatda mutloq hech narsaga aqli yetmaydi. Tushda chang-tuproqli koʻchadan borayotganlikni koʻrish - kelgusida sizning bemaʼni odamlar taʼsiriga tushib qolishingiz, ular sizni oʻz mazhablariga kirishga undab urinishlaridan guvoxlik beradi. Agar sizga tuproqda koʻchada koʻp kishilarni ketayotgani tush koʻrinsa, bu tush kelgusida dunyoda yirik va juda eʼtiborli mazhab paydo boʻlib, unga iloji boricha koʻp kishilarni aldab jalb etishlarini bildiradi. Tushda tor koʻchani koʻrish - yaxshi alomat. Siz turli yoʻldan, garchi u boshqa kishilarning yoʻlidan farq qilsa ham ketayapsiz. Bunday tush sizning porloq, oʻziga xos shaxs, oʻz xayotingizda katta muvaffaqiyatlarga erishishingizdan shohidlik beradi. Agar tosh toʻshalgan koʻchadan ketayotganingiz tushga kirsa, bu sizning kelgusida qandaydir yomonlik qilib, bundan butun umringiz davomida pushaymon qilishingizning alomatidir. Siz, hatto bu gunohingiz uchun doʻzaxga tushishingizga ishonch hosil qilasiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!