Tushda Ilon koʻrsa / Тушда Илон курса

Ilon - odamning gunoxga botishi, yovuzlik, makkorlik timsolndir. Er ustida sudralib ketayotgan ilonni tush koʻrish - 2001, 2013, 2025 yillarda va siz taʼsirda boʻladigan boshqa yillarda ehtiyot boʻlishingizni bildiradi. Aynan shu yillarda uy-joysiz va moddiy boyliklarsiz qolishdek xavf taxdid soladi. Tugʻrirogʻi, siz duchor boʻlgan musibatni bartaraf etishga koʻmaklashuvchi qishi ham yoningizda boʻlmaydi. Odamga yaqinlashayotgan zaharsiz ilon tushingizga kirsa, yer qurrasidagi qudratli davlatlardan birining tepasida turgan odam zaif mamlakatga qarshi urush boshlamoqchi boʻladi, biroq ayni vaqtda unga halaqit berish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi. Tush koʻruvchiga bunday tush xavfni bartaraf etish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Agar tushingizda sizni zaharli ilon tishlasa - siz oʻzingiz istamagan holda juda katta janjal sababchisi boʻlib qolishingiz mumkin, ehtimol sizning aybingiz bilan yoki sizning yaqinlaringizdan birini aybi bilan siyosiy oʻzgarishlar boʻlib oʻtadi. Tushingizda agar katta ilon kishi boʻynini bugʻayotgan boʻlsa, demak, shu kishiga xatar xavf solmoqda. Qora, ulkan ilon tush koʻrinsa, bu beqiyos yovuzlikdan dalolat beradi. Xassaga oʻralgan ilon tushingizda koʻrinsa, haqiqatni yashirib turgan yovuzlikdan ayon etadi. Xalqalar bilan uralgan ilon tushga kirsa - bu sizga xufiyona yomon niyatdagi kishi borligidan dalolat beradi. Agar tushingizda sizga ilon xujum qilayotgan boʻlsa, demak, musibat va muxtojlikni boshingizdan kechirasiz. Tushingizda ilonni oʻldirsangiz - oʻngda dushmaningizdan qutilasiz. Bir necha boshli ilon tushga kirsa - ogoh boʻling, siz gʻoyat zoʻr aldovning qurboni boʻlib qolishingiz mumkin. Tuman ichida yurib boʻlgan ilon shaklini tushda koʻrish - yadro xavfi belgisidir, balki yadro raketasi boʻlishi ham mumkin. Agar tushingizda ilon sizga qarab turganina his etayotgan boʻlsangiz, demak, sizga juda eʼtiborli va shafqatsiz odamlar tiqilib qarayotgan boʻladi. Tushda kulcha boʻlib yotgan ilonni koʻrish - oʻngda igʻvo va giybat qurboni boʻlish alomatidir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!