🌙 Tush tabiri

Tushda Mushuk koʻrsa / Тушда Мушук курса

2 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Tushda Mushuk koʻrsa / Тушда Мушук курса
Mushuk - yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli. Koʻcha boʻylab shahar tomon ketayotgan yoʻl-yoʻl mushukni tushda koʻrish - bunday tush yuqoridan donishmandlik olib keladigan ulug' insonning paydo boʻlishi haqida darak beradigan mushuk yoki boshqa jonivor toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Sher kattaligidagi mushukning uy ostonasida yotganligi tushda koʻrinsa - tinchlik jonivorlarga nisbatan oʻylangan siyosatga bogʻliqligini bildiradi. Qizil koʻzli qora mushuk tushda koʻrinsa - bunday tush 2023 yilni ifoda etadigan, qon toʻkish bilan yakunlanishi ehtimoli bor yovuz niyatlardan shohidlik beradi. Sichqon terisidan qilingan uzun ust kiyimdagi mushukni tushda koʻrish - 2008 yildagi voqealar qasos olishga aylanib, 2011 yilda poyoniga yetadi. Tushda mushukni tasodifan oʻldirish - 2045 yilda Misrda oʻta xavfli xalqaro jinoyatchi qoʻlga tushishini bildiradi. Mushuklar bilan toʻldirilgan shaharni tushda koʻrish - ekologik halokatdan, qurgʻokchilikdan, ocharchilikdan dalolat beradi. Mushuk bolalari solingan savatni koʻtarib odamlar safi kuzatuvida saroy tomonga tantanali tarzda olib ketilayotganligi tushga kirsa - bu oʻn yildan soʻng xokimiyat tepasiga juda kuchli va harakatlariga taʼrif yoʻq kishi kelib, unga shunday xurmat koʻrsatilishidan va iloxiylashtirilishidan darak beradi. Bu davrni demokratiya va barcha soxalarda mustaqil boʻlishga erishilgan davr deb atash mumkin boʻladi. Tushda bir gala mushuklarning katta ishga tashlanganliklari koʻrinsa, bu 2018 yilda yaxshilik bilan yovuzlik oʻrtasida yirik toʻqnashuv roʻy beradi va bu oilaviy hayotda hamda uy xoʻjaligini yuritishda namoyon boʻlishini bildiradi. Agar yoʻl-yoʻlli mushukning qopqonga tushib qolganligi tushga kirsa - bu tush Alloh tomonidan berilgan, kishining oʻzi ham bilmaydigan halokat yoki belgilangan jazoning roʻyobga oshirilishidan dalolatdir. Koʻk koʻzli qizil-sariq mushukni tush koʻrish, Yaponiya anʼanalariga daxl etuvchi bemaʼni voqealardan ayon etadi. Natijada, bu mamlakat bilan va shu voqealarga aloqador davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Xar xil lentalar toqilgan mushuklar juftligi tushga kirsa - 2047 yilda shunday voqealar roʻy beradiki, buning oqibatida shu davrgacha hech hamkor boʻlmagan davlatlarning xokimiyatlari va xalqlari mustaxkam birlashadi. Tushda mushuklarning kumush idishlarga vino quyayotganini koʻrish - 2011 yilda mashaqqat bilan ishlash va qonunga monand turmush tarzi natijasida muvaffaqiyatga va gullab-yanshashga erishiladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!