🎵 Qoʻshiq matnlari

Habiba Oxunova - Sabo bilan

2.9K marta oʻqildi
Habiba Oxunova - Sabo bilan
Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan,
Sabo bilan,
Ne sabokim, subhidamda yangragan navo bilan
Navo bilan.
Subhidamning iltifotiga etay shukronakim,
Tashna dilni hamdam etdi ko`zlari shahlo bilan,
Ko`zlari shahlo bilan.
O`rtada hijron edi, yor bir taraf, men bir taraf,
Toleyimkim yuz ko`rishtirdi meni shaydo bilan.
To tirikman bu hayotda, madh etay taqdirni men,
Etmish ul Fayziyni oshno sen kabi dono bilan,
Sen kabi dono bilan.
Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan,
Sabo bilan…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!