🎵 Qoʻshiq matnlari

Dineyra - Alvido

1.6K marta oʻqildi
Dineyra - Alvido
Baʼzida alam, baʼzan malham
Yotar yuragim sohillarida.
Yuzim nuri koʻrinardi
Koʻz yoshlaringda.

Alvido desam gar borimdan mahrumman,
Demasam agar nobud boʻlarman.
Alvido desam gar sendan ayrilaman,
Demasam ishqingda yonib oʻtaman,
Yonib oʻtaman.

Lek alvido, jonim netay?
Borligingni unutay.

Kechalari bedavoman,
Ketmaysan koʻz oldimdan hech,
Unut meni, men ham seni,
Endi-ku boʻldi kech.

Alvido desam gar borimdan mahrumman,
Demasam agar nobud boʻlarman.
Alvido desam gar sendan ayrilaman,
Demasam ishqingda yonib oʻtaman. (x2)
(Yonib oʻtaman)

Lek alvido, jonim netay?
Borligingni unutay.

Alvido desam gar borimdan mahrumman,
Demasam agar nobud boʻlarman.
Alvido desam gar sendan ayrilaman,
Demasam ishqingda yonib oʻtaman,
Yonib oʻtaman
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!