🎵 Qoʻshiq matnlari

Dilsoʻz - Choynak-piyola

2.4K marta oʻqildi
Dilsoʻz - Choynak-piyola
Bir dasturxon ustida turar ikki sevishgan,
Ismi choynak-piyola, bir-biriga yarashgan.
Piyolasin ustidan qaynoq mehrin quyarkan,
Piyola ham choynagin ich-ichidan suyarkan.
Voy, choynagimsan san mani,
Piyolangman man sani.
Boshimdan quy mehringni,
Shod etaylik hammani.
Oh, choynagimsan san mani,
Piyolangman man sani.
Mehringni quy boshimdan,
Shod etamiz hammani, hey.
Kun botib, tong otarkan,
Umr shunday o`tarkan.
Qurg`ur choynak gohida
Kosaga gap otarkan.
Sabrli sho`r piyola
Jim yurarkan uyola.
Aybin bilgan choynagi
Ketarkan yona-yona.
Voy, choynagimsan san mani,
Piyolangman man sani.
Boshimdan quy mehringni,
Shod etaylik hammani.
Oh, choynagimsan san mani,
Piyolangman man sani.
Mehringni quy boshimdan,
Shod etamiz hammani, hey. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!