Doston Ubaydullaev - Yoshlik

Boshqacha edi dunyo,
Rang-barang edi goʻyo,
Quvnar edi nigohlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Gʻam neligin bilmasdik,
Dardni koʻzga ilmasdik,
Yoʻq edi dilda dogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Yoʻq edi dilda dogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sogʻindingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu gʻamlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
Oʻsha bizlar uchrashgan chogʻlarni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Yodingdami ikkimiz,
Qalblardagi sevgimiz,
Yangi ungan giyohlar,
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Qoʻl ushlashib yurardik,
Shirin xayol surardik,
Har kun kezardik bogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sevdim demasdik tildan,
Bilardik qalbdan, dildan.
Shartmas edi izohlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sogʻindingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu gʻamlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
Oʻsha bizlar uchrashgan chogʻlarni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay. (x2)
Rang-barang edi goʻyo,
Quvnar edi nigohlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Gʻam neligin bilmasdik,
Dardni koʻzga ilmasdik,
Yoʻq edi dilda dogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Yoʻq edi dilda dogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sogʻindingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu gʻamlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
Oʻsha bizlar uchrashgan chogʻlarni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Yodingdami ikkimiz,
Qalblardagi sevgimiz,
Yangi ungan giyohlar,
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Qoʻl ushlashib yurardik,
Shirin xayol surardik,
Har kun kezardik bogʻlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sevdim demasdik tildan,
Bilardik qalbdan, dildan.
Shartmas edi izohlar
Bizlar uchrashgan chogʻlar.
Sogʻindingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu gʻamlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
Oʻsha bizlar uchrashgan chogʻlarni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!