Ravshan Komilov - Sohibkamolim

Doʻstlar, bir dilbari, joni jahonim bor mani,
Lablari shahdu shakar, shirin zabonim bor mani.
Qomati sarviravon, gʻunchada holim bor mani,
Kiprigi nayza misol, qoshi-kamonim bor mani,
Otashi ishqida yongan, xasta jonim bor mani.
Tinglasa dardu-gʻamim, hatto azim togʻlar choʻkar,
Koʻz yoshim koʻrsa falak, yuz yil yana koʻz yosh toʻkar.
Tohiru Farhodi, Shirin tiz choʻkib, boshin bukar,
Har kecha zor chekkan ohim xasta dil chokin soʻkar,
Hajrida yuz nolayu, ohu-figʻonim bor mani.
Koʻrsa holim, yigʻlagay shohu gadolar zor-zor,
Chunki mendek yor topilmas ish aro Majnuni xor.
Oy jamolingni bezar, koʻnglingdagi ishqi xumor,
Koʻrdimu devona boʻldim, ketdi qoʻldan ixtiyor,
Ming shukr senday goʻzal, oromi jonim bor mani.
Ey, dilrabo yoningda boʻlmoq men uchun faxru gʻurur,
Aylasa bir boʻsa ehson, jon topar jonim surur.
Qil kabi nozik belingdin borligʻim olgay huzur,
Noz ila boqishlaring qalbimga sochgay mehru nur,
Gulshani umrimda sendek mohitabonim bor mani.
Olam ichra yoʻq erur sendek pari, nozik nihol,
Bir qiyo boqsang, boʻlar ahli-jahon husningga lol.
Qolmagay armoni zarra, lablaringdan totsa bol,
Oʻzi sulton his etar bu xasta hol, sohibkamol,
Yigʻlamas dil, chunki sendek mehribonim bor mani.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!