🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Tola

1.6K marta oʻqildi
Ummon - Tola
Yuzta toladan qoldi bir tola,
Qolgani boʻldi kul yona-yona.
Tushunmoqdamisan, yana qoldi oz?
Soʻzlarimga etibor ber biroz.
Qoldi soʻnggi tola,
Bizni bogʻlab turgan tola.
Deyarli toʻldi sabr,
Qara, koʻngillar jar yoqasida.
Qoldi soʻnggi tola,
Bizni bogʻlab turgan tola.
Deyarli toʻldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.
Yuzta qadamdan qoldi bir qadam,
Qadamlar ortida toʻla alam.
Alamlar ustida sening izing,
Ishonchimning ustidan bosib kelding.
Oxir baribir uzilib ketdi soʻnggi tola,
Nahotki, yuragingga yetib bormadi ichimdagi nola?
Qosh koʻzlari qora, yuragimdagi yagona,
Sabr toʻldi yolvora.
Borgan sari koʻpayib ketdi, sendagi bu yurishlar,
Hayotingga yana qoʻshilib ketdi kimlar?
Gar kun kelib sogʻinsang,
Sen meni emas, men senga aytgan soʻzlarimni esla,
Qoldi soʻnggi tola,
Bizni bogʻlab turgan tola.
Deyarli toʻldi sabr,
Qara, koʻngillar jar yoqasida.
Qoldi soʻnggi tola,
Bizni bogʻlab turgan tola.
Deyarli toʻldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!