Setanho guruhi - Ajdodlar ruhi

Dovonlar osha oʻzib,
Gʻanimlar kelar toʻzib.
Qilichdan oʻtib har jon,
Ariqlardan oqdi qon.
Tinch yering boʻldi vayron,
Yovlarga toʻldi har yon.
Tinchlik bermadi senga
Xalqning ohu-figʻoni,
Qaddingni bukmay bording
Elimning mard oʻgʻloni.
Kurashding gʻanim bilan
Chiqquncha qora joni.
Olishding gʻanim bilan
Chiqquncha qora joni.
Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli goʻdak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon boʻlguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprogʻing bagʻrida
Asrlar uzra begʻubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga boʻldi yor.
Tomiringdan oqadi
Sadoqat, vafo qoni,
Qalbingdan oʻchmas sening
Xoʻrlangan ayol dodi.
Adovating bor sening,
Sendan xalqing umidi.
Mangu zulmatga ketar
Ayanch, qaygʻuli kunlar,
Batamom oʻtmas endi
Biz tomon vaxshiy yovlar.
Tabarruk ona yerim,
Bagʻrida yayrar elim. (x2)
Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli goʻdak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon boʻlguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprogʻing bagʻrida
Asrlar uzra begʻubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga boʻldi yor. (x2)
Zabardast farzandlaring bor…
Gʻanimlar kelar toʻzib.
Qilichdan oʻtib har jon,
Ariqlardan oqdi qon.
Tinch yering boʻldi vayron,
Yovlarga toʻldi har yon.
Tinchlik bermadi senga
Xalqning ohu-figʻoni,
Qaddingni bukmay bording
Elimning mard oʻgʻloni.
Kurashding gʻanim bilan
Chiqquncha qora joni.
Olishding gʻanim bilan
Chiqquncha qora joni.
Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli goʻdak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon boʻlguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprogʻing bagʻrida
Asrlar uzra begʻubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga boʻldi yor.
Tomiringdan oqadi
Sadoqat, vafo qoni,
Qalbingdan oʻchmas sening
Xoʻrlangan ayol dodi.
Adovating bor sening,
Sendan xalqing umidi.
Mangu zulmatga ketar
Ayanch, qaygʻuli kunlar,
Batamom oʻtmas endi
Biz tomon vaxshiy yovlar.
Tabarruk ona yerim,
Bagʻrida yayrar elim. (x2)
Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli goʻdak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon boʻlguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprogʻing bagʻrida
Asrlar uzra begʻubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga boʻldi yor. (x2)
Zabardast farzandlaring bor…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!