🎵 Qoʻshiq matnlari

Mansurxon Nurmatov - Davraga tushgan goʻzal

2.1K marta oʻqildi
Mansurxon Nurmatov - Davraga tushgan goʻzal
Davraga tushgan goʻzal,
Nigohim kuylar gʻazal. (x2)
Seni buncha mukammal
Yaratgan ekan azal. (x2)
U yoningga tashlama,
Bu yoningga tashlama, (x2)
Shaydolaring koʻp etib,
Yuragimni gʻashlama. (x2)
Davraga tushgan goʻzal,
Nigohim kuylar gʻazal. (x2)
Seni buncha mukammal
Yaratgan ekan azal. (x2)
Nozlaring izhor boʻlar,
Koʻnglimiz bahor boʻlar. (x2)
Oshigʻing bir men oʻzim,
Yuz emas xazor boʻlar. (x2)
U yoningga tashlama,
Bu yoningga tashlama, (x2)
Shaydolarni koʻp etib,
Yuragimni gʻashlama. (x2)
Yondirding-u yondirding,
Nozingga ishontirding. (x2)
Yonginamda aylanib,
Koʻzimni quvontirding. (x2)
U yoningga tashlama,
Bu yoningga tashlama, (x2)
Shaydolaring koʻp etib,
Yuragimni gʻashlama. (x2)
Hey, yuragimni gʻashlama.
Mayda bosib qadamni,
Oʻynatib qosh-qalamni, (x2)
Akaginang koʻngliga
Solib qoʻyma alamni. (x2)
U yoningga tashlama,
Bu yoningga tashlama, (x2)
Shaydolaring koʻp etib,
Yuragimni gʻashlama. (x2)
Davraga tushgan goʻzal,
Nigohim kuylar gʻazal. (x2)
Seni buncha mukammal
Yaratgan ekan azal. (x2)
U yoningga tashlama,
Bu yoningga tashlama, (x2)
Shaydolaring koʻp etib,
Yuragimni gʻashlama. (x2)
Hey, yuragimni gʻashlama,
Yuragimni gʻashlama.
Hey, yuragimni gʻashlama,
Hey, yuragimni gʻashlama.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!