Muhabbat Shamayeva - Koʻchalar

Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar,
Buncha ham goʻzalsiz qaydin, koʻchalar?
Tagʻin u oʻtdimi, oʻsha beparvo,
Koʻngillar sohibi, ayting, koʻchalar?
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Toʻldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.
Tagʻin u oʻtdimi, oʻsha beparvo?
Koʻnglimda beadad baxsh etgan farax.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Yor boqmay oʻtarmu yor jamoliga,
Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
Qayda u beparvo, qayda u barno?
Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Koʻchalar, koʻchalar, daryo koʻchalar,
Daryoday yuragi, daryo koʻchalar.
Bagʻrimday betinim, toshqin va uygʻoq,
O-o-oy, jo-on, yoray.
Bagʻrimday betinim, toshqin va uygʻoq,
Bagʻrim sohibiday barno koʻchalar.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Buncha ham goʻzalsiz qaydin, koʻchalar?
Tagʻin u oʻtdimi, oʻsha beparvo,
Koʻngillar sohibi, ayting, koʻchalar?
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Toʻldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.
Tagʻin u oʻtdimi, oʻsha beparvo?
Koʻnglimda beadad baxsh etgan farax.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Yor boqmay oʻtarmu yor jamoliga,
Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
Qayda u beparvo, qayda u barno?
Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Koʻchalar, koʻchalar, daryo koʻchalar,
Daryoday yuragi, daryo koʻchalar.
Bagʻrimday betinim, toshqin va uygʻoq,
O-o-oy, jo-on, yoray.
Bagʻrimday betinim, toshqin va uygʻoq,
Bagʻrim sohibiday barno koʻchalar.
Koʻchalar, koʻchalar, oydin koʻchalar.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!