🎵 Qoʻshiq matnlari

Oxunjon Madaliyev - Seni bugun koʻrmasam boʻlmas

4.2K marta oʻqildi
Oxunjon Madaliyev - Seni bugun koʻrmasam boʻlmas
Gʻamgin yurak, gʻamgusor yurak,
Bechorani xoʻrlasang boʻlmas. (x2)
Seni bugun koʻrishim kerak,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. (x2)
Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qoʻygaymi omon? (x2)
Tushun, seni sogʻindim yomon,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. (x2)
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga. (x2)
Nima boʻlsa, boʻlar ertaga,
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. (x2)
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas.
Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2)
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas. (x2)
Seni bugun koʻrmasam boʻlmas… (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!