Shahlo Ahmedova - Yodimda oʻzing

Tong otadi, kun sensizlikda oʻtadi yana,
Bedorman, oh, bu holatimda ne maʼno?
Bormi maʼno umidlarimda, kunlarimda, tunlarimda?
Sen boʻlmasang, bu umrimda netaman?
Fursat oʻtib unutiladi der eding menga,
Unutiladi, oʻtib ketadi der eding.
Yolgʻon ekan sening soʻzlaring,
Hali hamon yodimda oʻzing,
Bu nigohing, sening vasling yuragimda.
Alamdaman, armondaman jonim,
Qayt, kel, azobdaman, hayot oʻtar sensiz jonim.
Kimlar bilan endi yuraging, kimga soʻzlaring?
Bedaragim, qayda izlaring, azizim?
Taqdir seni mendan ayirib, yuragimni pora qilib,
Manzilingni ayro qilib xoʻrladi.

Qayt, kel, azobdaman, hayot oʻtar sensiz jonim,
Azobdaman, hayot oʻtar sensiz jonim.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!