🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Lol boʻlaman

1.8K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Lol boʻlaman
Oh mani dilbarim, koʻzlari xulkarim,
Har kecha husniga lol boʻlaman.
Lol boʻlib, anqayib, jim turib, tirjayib,
Hayratdan tilim bemajol boʻlaman.
Qomatiga har qanaqa matodanam
Kiyim kiysa yarashadir,
Ey, hammasidan boshqacha
Bu margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman.
Lol boʻlaman, lol boʻlaman-ey,
Margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman.
Lol boʻlaman, lol boʻlaman-ey,
Margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman.
Oh buncha nozanin, mulozamati shirin,
Jilmayib soʻz desa, lol boʻlaman.
Jahl qilib, lab burib, begonaga rashk qilsa,
Sahargacha sheʼr yozib, bedor boʻlaman.
Hovliga suv sepganda, qoʻni-qoʻshni chiqqanda,
Salom berib, choy uzatsa yarashadir.
Jazavasidan tushib yana,
Atlas koʻylak kiyib chiqsa, lol boʻlaman.
Lol boʻlaman, lol boʻlaman-ey,
Margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman.
Lol boʻlaman, lol boʻlaman-ey,
Margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman.
Xoʻp, xoʻp, xoʻp jon aka, Toshkentdan Fargʻonaga,
Yoʻl-yoʻlakay “pereval”da choyxonada osh bor, aka.
Oboramiz-ey, oboramiz-ey, qatga desayiz oboramiz-ey,
Faqat yoʻlda 45 minut “zaprav”ka qivolamiz-ey.
Lol boʻlaman, lol boʻlaman-ey,
Margʻiloncha atlasiga lol boʻlaman. (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!