🌙 Tush tabiri

Tushda ari koʻrish - hasharot chaqishi, uning uyasi va boshqalar taʼbiri

1 daqiqa 27.8K marta oʻqildi
Tushda ari koʻrish - hasharot chaqishi, uning uyasi va boshqalar taʼbiri
Ari — shafqatsiz dushmanlarni aks ettiradi. Agar tushda kishini ari chaqib olsa — bu raqobatchilarning hasad va nafratini anglatadi. Ularni oʻldirish — dushmanlar ustidan gʻalaba qozonishga. Baʼzan bunday tush uzoq davom etgan doʻstlikning buzilishi yoki moddiy yoʻqotishlar deya talqin qilinadi.

TUSHDA ARI KOʻRISH TAʼBIRI
Agar tushda ari chaqishidan oldin qoʻl bilan choʻchitib yuborilsa — dushmanlarning hiyla-nayranglarini sezib qolib, buni oldini olish mumkin boʻladi.
Arilar uyasini topib olish — tez orada hamkasblaringiz sizga yomon munosabatda boʻlishi va martabangiz oʻsishiga toʻsqinlik qilayotganidan darak topasiz.
Arilar toʻdasi — rahbariyat sizni katta hurmat bilan qabul qiladi va hamkasblaringizning intrigalariga qaramasdan, martabangiz oshishiga hissa qoʻshadi va ragʻbatlantirib boradi. Agar tushda arilar toʻdasi sizni qurshab olsa, unda ish joyingizni tark etishga majburlaydigan bunday noxush voqea yuz beradi.

Mushukning burnidan chaqmoqchi boʻlayotgan arini qochirayotganini koʻrish — yaqin kishilar deb hisoblaydiganlardan ehtiyot boʻlishingiz kerak. Mehribonligingizdan foydalanib, ular sizga zarar yetkazishlari mumkin. Agar mushuk buni uddalay olmasdan, suvga sakrasa, dushmanlar sizga muammo tugʻdirish uchun har narsaga tayyor ekanligi belgisi.

MILLER TUSH KITOBI: ARI
Bu hasharotlar sizni shafqatsiz jazolash va yomon niyat bilan tuhmat qilishga shay dushmanlarni anglatadi.

Teridan uning nishini chiqarib olish — jinsiy hayotda noqulayliklar sezilayotganidan darak. Buni tomonlar oʻzaro hal qilib olishlari kerak.
Tushga qovoqari kirsa — keraksiz chiqimlar, doʻstlarning ahvolidan tashvishlanish aksi. Agar u tishlamasdan uchib ketadigan boʻlsa, tashvishlar yaqin orada oʻz maʼnosini yoʻqotadi.

Turmush qurgan ayollar uchun bunday tush erning xiyonatidan ogohlantirishi mumkin. Barchasi ayolning qoʻlida — munosabatlarni ilitishga harakat zoe ketmaydi.

Asalarilar uyasiga asal olish maqsadida qoʻl suqish — yaqin insonlardan koʻngil qolishi. Hozirda faqat oʻz kuchlaringizga tayanishingiz kerak.
Ari uyasida bironta ham hasharot boʻlmasa — jiddiy yoʻqotishlarga. Biroq umidsizlikka tushmaslik kerak. Halol mehnat yoʻqotishning oʻrnini tezda toʻldiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!