🌙 Tush tabiri

Tushda oʻrgimchak koʻrish - hasharot chaqishi, toʻri, uni oʻldirish taʼbiri

3 daqiqa 23.7K marta oʻqildi
Tushda oʻrgimchak koʻrish - hasharot chaqishi, toʻri, uni oʻldirish taʼbiri
Koʻpchilik insonlar oʻrgimchaklardan qoʻrqishadi va hatto bu hasharot ularni tushda ham taʼqib qilishi mumkin. Tushda oʻrgimchak koʻrsa nima boʻladi — quyida dunyodagi eng mashhur kitoblar boʻyicha batafsil talqin.

TUSHDA OʻRGIMCHAK KOʻRISH: MILLER BOʻYICHA
Bu hasharot ishga boʻlgan masʼuliyatli munosabatni ifodalaydi. Shubhasiz, qilingan mehnatlar oʻz samarasini beradi. U oʻrnatgan koʻplab toʻrlarni koʻrish, osonlikcha erishiladigan muvaffaqqiyat kutilayotganidan. Biroq atrofdagilarga ehtiyot boʻlish kerak — baʼzi tanishishlar xavfli boʻlishi mumkin.

Oʻrgimchak chaqishi — xiyonatga duch kelish, dushmanlar tufayli yoʻqotishlar kutilishi.
Uyda toʻrida osilib turgan koʻplab oʻrgimchaklar — juda koʻp ijobiy narsalar haqida gapiradi: salomatlik holatining mukammalligi, omad, qadrdonlarning qoʻllab-quvvatlashi.

Tushda oʻrgimchakni oʻldirish — hayotga yaxshi mavqega ega boʻlish mumkinligiga. Ammo u jonlanib, taʼqib qilishni davom ettirsa, omad sizdan yuz oʻgiradi, oldinda kasallik va boshqa qiyinchiliklar kutilmoqda.

Tillarang oʻrgimchak ayol kishi uchun kelajakdagi baxt va yangi doʻstlar degan maʼnoni anglatadi.
Oʻrgimchak toʻr toʻqishini koʻrish — uyda baxt, oilada uygʻun munosabatlar vaʼda qiladi.

Hasharotni oʻldira olmaslik — jufti bilan kelishmovchiliklar. Hasharotning oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa, oqibatlari shunchalik yaxshiroq boʻladi.
Ulkan va mayda oʻrgimchak siz tomonga harakatlanib kelayotgan tush — biznesdagi yutuqlar va oʻz omadingizdan quvonishingizni koʻrsatib beradi. Ammo agar gigant oʻrgimchak chaqsa, barcha yutuqlaringiz dushmanlarning makkorligi tufayli puchga chiqadi. Tushda kishini oʻrgimchak quvishi — noqulay holatga tushib qolish, buning natijasida omadni yoʻqotish ramzi sanaladi.

VANGA TUSH TAʼBIRI KITOBI: OʻRGIMCHAKLAR
Kishi tushda oʻrgimchak koʻrsa, oʻzini anchadan buyon qiynab kelayotgan muammoni yechishga yordam beradigan uzoq kutilgan muhim suhbat boʻlib oʻtishini anglatadi. Agar oʻrgimchaklar koʻp va qora rangli boʻlsa, unda gʻiybatlar qurboni boʻlish ehtimoli mavjud, bu oila aʼzolariga ham taʼsir qiladi. Bu hasharotning chaqishi ham yolgʻon mish-mishlarni vaʼda qiladi, biroq bu holda ular yanada jiddiyroq boʻladi, hatto mavqega putur yetkazishi mumkin. Toʻr toʻqiyotgan oq oʻrgimchak — ham maʼnaviy, ham moddiy farovonlik ramzidir.

Tushga bu jonzot qachon kirganligiga ham eʼtibor berish kerak. Agar shanbaga oʻtar kecha kirgan boʻlsa, sizni katta muvaffaqiyat kutmoqda.

FREYD TALQINI
Ayol kishining bunday tush koʻrishini Zigmund Freyd hayotda oʻziga ishonmaslik, oʻzini yetarli baholamaslik, munosabatlarni yoʻqotish yoki hech qachon oʻziga juft topa olmaslikdan qoʻrqish deb taʼriflaydi. Oʻrgimchak toʻri esa hozirgi muhabbat rishtalarining zaiflashgani, sovuqlik mavjudligini koʻrsatadi.

OʻRGIMCHAK KOʻRSA NIMA BOʻLADI: LOFF BOʻYICHA
Tushda oʻrgimchak oʻldirsa yoki uning toʻrda bexavotir oʻtirganini koʻrsa — mansab zinapoyasida yuqorilash. Agar kishi ustida ikkita oʻrgimchak yurgan boʻlsa — dushmanlar arz qilishiga.

NOSTRADAMUS TALQINI
Agar ishda sizga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlishsa, tushingizga tez-tez oʻrgimchak kirishi mumkin. Bunday obraz siz bu holatni oʻzgartira olishingiz mumkinligini aks ettiradi. Atrofdagilarga nisbatan ochiqroq boʻling, hayoliy rolni oʻynashni toʻxtating, oʻzligingizcha qoling.

Tushdagi oʻrgimchak bilan kurash ishda rahbariyat bilan kelishmovchilik haqida ogohlantiradi, uning uyasi esa oiladagi. Biroq, bunday tush ijobiy maʼnoga ega boʻlishi ham mumkin. Qoʻlda oʻrgimchak ushlash — qimmatbaho sovgʻa olishga.

SVETKOV TUSH TAʼBIRI KITOBIDA
Ijobiy maʼnoga ega obrazlar: oʻrgimchak toʻr hosil qilayotgan (bu foyda kelishiga) yoki devor boʻylab oʻrmalayotgan boʻlishi (orzularning amalga oshishiga). Tushda oʻrgimchakni oʻldirish ham ijobiy belgidir: hatto oʻzingiz ishonmagan niyatlaringiz roʻyobga chiqishi mumkin. Ammo faqatgina oʻrgimchak yoki toʻrning oʻzi — salbiy ramz. Birinchi holatda muhim ishni unutish yoki yaqin insonni yoʻqotish, ikkinchisida esa fitna qurboniga aylanish ehtimoli mavjud.

Baʼzida tushda bu hasharotni koʻrish kichik quvonchlarni vaʼda qiladi. Lekin eʼtiborli boʻlish kerak: yaqin orada alkogolli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki boshqa yomon odatlar bilan bogʻliq koʻngilxushliklar rejalashtirilayotgan boʻlsa, uni rad etish kerak. Ayniqsa agar tushda oʻrgimchak toʻriga oʻralashib qolgan boʻlsangiz, bunda hayot tarzingiz sizni nobud qilishi ham mumkin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!