🎵 Qoʻshiq matnlari

Tohir Sodiqov - Kutishni onalardan oʻrganing

2.6K marta oʻqildi
Tohir Sodiqov - Kutishni onalardan oʻrganing
Bir qiz berardi vaʼda,
Xayrlashish paytida,
U yig`lardi yigit ko`ksida.
So`z berardi kutishga,
Vafodor qiz bo`lishga,
Ont ichardi har kun yozishga.

Maktubing alamli, ayanchli, achinarli,
Ikki so`z deyarli,
Maʼno yo`q, lek azobli.
Alvido, kech qolding,
Deb nahotki sen yozding?
Kutishni onalardan o`rganing!

Sabr degan tushuncha
Yo`q ekan ayrimlarda,
Unutding ko`z ochib-yumguncha.
Mehri teng koinotga,
Kutar dunyo turguncha,
Albatta, shubhasiz bu – ona!

Maktubing alamli, ayanchli, achinarli,
Ikki so`z deyarli,
Maʼno yo`q, lek azobli.
Alvido, kech qolding,
Deb nahotki sen yozding?
Kutishni onalardan o`rganing!

Albatta, hammaga tegishli emas bu so`zlar,
Albatta, bizda bor vafodor qizlar.
Kutishni, sevishni onalardan o`rganing,
Chunki bunchalar kutmas sevgiling.

Maktubing alamli, ayanchli, achinarli,
Ikki so`z deyarli,
Maʼno yo`q, lek azobli.
Alvido, kech qolding,
Deb nahotki sen yozding?
Kutishni onalardan o`rganing!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!