🎵 Qoʻshiq matnlari

Ismoil Xolmatov - Uylanmagan yigitlar

3.2K marta oʻqildi
Ismoil Xolmatov - Uylanmagan yigitlar
Kechalari aslo uyga kelmas emish,
Onasining gaplarini olmas emish,
Baribir ham bilganidan qolmas emish,
Bu yigitlar – uylanmagan yigitlar. (x2)

Bu yigitlar – uylanmagan yigitlar,
Yarim kecha uchrashuvga shoshiladi.
Onajonlar, sabr qiling, urushmang,
Uylanadi, bir kun kelib bosiladi. (x2)
Yelkasiga ola hurjun osiladi.

Qiz tomonga 5-10 talab qo`y berarmish,
Qishlog`iga dang`illatib to`y berarmish,
Hofizlar ham ovoziga zo`r berarmish,
Bu yigitlar – uylanmagan yigitlar. (x2)

Bu yigitlar – uylanmagan yigitlar,
Yarim kecha uchrashuvga shoshiladi.
Onajonlar, sabr qiling, urushmang,
Uylanadi, bir kun kelib bosiladi. (x2+x2)
Yelkasiga ola hurjun osiladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!