🎵 Qoʻshiq matnlari

Dildora Niyozova - Vaʼdalar qani

2.4K marta oʻqildi
Dildora Niyozova - Vaʼdalar qani
Solib qalbimga zanjir,
Ozoring dilga sanchib,
Ravo koʻrganing dard ahir,
Vaʼdalaring qani, vaʼdalaring qani?

Koʻzlar tikdim yoʻlingga,
Yuragim tutdim qoʻlingga.
Sevmayman, de yuzimga,
Vaʼdalaring qani, vaʼdalaring qani?

Vaʼdalar qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.
Vaʼdalar qani-qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.

Ox, dedi dil yolgʻonlardan,
Dod, dedi dil gumonlardan.
Izlayman endi osmonlardan,
Vaʼdalaring qani, vaʼdalaring qani?

Yuragimda muzlar qoldi,
Mexringni izlab qoldi,
Yuragim muzlab qoldi,
Vaʼdalaring qani, vaʼdalaring qani?

Vaʼdalar qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.
Vaʼdalar qani-qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.

(Dod-dod, yurakda azob,
Vaʼdalarimni etdimmi xarob?
Yoʻq-yoʻq, visol endi yoʻq,
Xa, yoʻq, yuragim firoq.
Bu ishq boshima balo,
Xa, men izladim davo,
Bevafo yor, bevafo,
Xayotimda qolmadi maʼno.)

Vaʼdalar qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.
Vaʼdalar qani-qani menga aytilgan?
Xijronlar yarim yuragim tilgan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!