🌙 Tush tabiri

Tushda roʻza tutganini koʻrsa nima boʻladi

1 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Tushda roʻza tutganini koʻrsa nima boʻladi
Tushda roʻza tutganini koʻrsa nima boʻladi. Tushdagi roʻza sogʻlik va moʻl rizq, deb taʼbir qilinadi. Tushida roʻza tutganini koʻrgan kishining hayoti yengillashadi. Dinda sabrli boʻladi. Bilmagan holda roʻzasini buzgan kishi kutilmaganda merosga ega boʻladi. Kasal kishi tushi- da roʻza tutganini koʻrsa, shifo topadi. Safarga chogʻlangan yoʻlovchi tushida roʻza tutganini koʻrsa, safari bexatar oʻtadi. Roʻzasini buzganini koʻrsa, safar asnosida koʻplab qiyinchiliklarga duch keladi.

Tushida ramazon
Tushida ramazon roʻzasini tutganini koʻrgan kishi gunoh va azoblardan, mashaqqatlar va kambagʻallikdan, oilaviy kelishmovchiliklardan qutuladi, osoyishta yashaydi. Tushda qazo roʻzasini tutish tutqunlikdan qutulish, qarzdorning qarzini uzishga ishoradir.

Tushida roʻzador boʻlgan
Tushida roʻzador boʻlgan holda ovqat yeyish bemorning shifo topishi demakdir.

Tushda sabzavot koʻrish gʻam-anduh, deb taʼbir qilinadi. Piyoz, sarimsoq koʻrish ayniqsa, yaxshi emas. Tushida polizdan bir dasta sabzavot toʻplanganini koʻrgan kishi yomonliklardan, yomonlik kelishi mumkin boʻlgan narsalardan tiyilishi lozim. Tushda pishgan sabzavot koʻrish yaxshilikka yoʻyiladi.

Tushda radio koʻrish yaqinlari yoki unutilgan kishisidan xabar olish deb taʼbir qilinadi. Tushida radiodan qoʻshiq tinglaganini koʻrgan kishi iztirobli xabar oladi. Ra- dioni kavlashtirib, qidirgan kanalini topa olmaganni koʻrgan kishi ishida qarorsiz boʻladi. Xorijiy radiostansiyani tinglagani, u tilni bilmagani holda tushunganini koʻrgan kishi oʻsha yurtga boradi. Radioning ishlamaganini koʻrgan kishi atrofdagilar bilan aloqasini uzadi.

Tushda rassom koʻrish ilmga, falsafaga, sheʼrga, notiqlikka ishoradir. Tushda rassom koʻrish itoat, mutafakkir kishini koʻrish, deb ham taʼbir qilinadi. Rassom amaldor, baʼzan muhandis kishiga ishora boʻladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda emizish nimani bildiradi

23-noyabr, 201912.4K
Tush tabiri

Tushda oʻlik biror bersa nima boʻladi

24-noyabr, 20193.5K