🌙 Tush tabiri

Tushda oʻlik biror bersa nima boʻladi

2 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Tushda oʻlik biror narsa bergan boʻlsa, siz uning berganini yesangiz, rizqingiz ziyoda boʻladi; yemasangiz molingiz kamayadi; hayotingiz qiyinlashadi. Oʻlgan kishidan eski kiyim olib kiygan kishi qaygʻuga botadi. Kiyim yangi boʻlsa, yaxshilikdan darakdir.

Tushida oʻlikdan kiyim olib chekkaga tashlagan, keyinroq olib kiygan kishi vafot etadi. Tushda oʻlikdan biror narsa olish, umuman olganda, yaxshilikka yoʻyiladi. Berish esa aksincha.

Tushda oʻlikni yuvish
Tushda oʻlik yuvish uning qarzini toʻlashga ishoradir. Biror kishi oʻlikni oʻz-oʻzini yuvganini koʻrsa, marhumning farzandlari gʻam-anduhdan qutulib, xayrli hayot kechiradi.

Tushda oʻlikning tepasida yiglash
Tushda oʻlikning tepasida dod solib yigʻlash vaʼzga ishoradir. Bunday yigʻlashni eshitish yaxshi emas. Uvvos solib yigʻlash, ayolning ovozini eshitish sozlar chalib oʻtkaziladigan toʻyga ishoradir.

Baqirib yigʻlash yigʻlagan kishi tomonidan fitna uyushtirilishiga ishora sanaladi. Oʻlikning tepasida pul evaziga yigʻlaydigan goʻyanda ayol- larni tushda koʻrish ahvolning oʻzgarishiga, uyning xarob boʻlishi, yomon ishlar qilishiga ishoradir.

Tushda oʻlaksa
Tushda oʻlaksa koʻrish noxush xabarga ishoradir. Sasigan hayvon jasadini koʻrish muhim sirning fosh boʻlishi va zarar koʻrilishiga dalolatdir. Badboʻy oʻlaksa yoʻldan ozgan dushman, deb ham taʼbir qilinadi.

Tushda oʻldirish

Tushda biror kishini oʻldirish gunoh qilishdan darakdir.

Tushida oʻzini oʻldirgan odam tavba qiladi. Tushida birovni oʻldirganini koʻrgan kishi unga koʻp moddiy yordam beradi. Kimdiroʻzinioʻldirganini koʻrgan kishi oʻldirgan odamdan koʻp foydalanadi. Tushida oʻldirilganini koʻrgan kishi uzoq yashaydi. Olomon tomonidan oʻldirilganini yoki toshboʻron qilinganini koʻrgan kishi davlatning dastagiga erishadi.

Tushida biror kishini qasddan va gunohsiz holda oʻldirganini koʻrgan odam, bundan qattiq aziyat chekmasa, unga juda koʻp boylik qoldiradi. Pushay- mon boʻlsa, boylik uchun oʻgʻli bilan janjalashadi. Boʻyniga urib oʻldirilganini koʻrgan kishi kasal boʻlsa, dard- dan; kambagʻal boʻlsa, yoʻqchilikdan; gʻamgin boʻlsa, gʻamdan qutuladi.

OʻLIK
Tushda koʻrilgan oʻlik qoʻrqitadigan ahvolda boʻlmasa, yaxshilikka yoʻyiladi. Vafot etgan kishining tirilganini koʻrish yoki uni oʻlmagandek koʻrish yuzi kulib turgan boʻlsa, yaxshilik; aksincha boʻlsa, yoʻqotish, zarar, xafagarchilikdir.Tushida oʻlgani, qayta tirilganini koʻrgan kishi niyatiga yetadi. Oʻlgan kishini tushida yigʻlayotgan holda koʻrish imon bilan ketgani va qabrda tinch yotganidan ishoradir.

Tushida oʻlgan kishining qochayotganini koʻrganning umri uzoq boʻladi. Oʻlikka biror narsa bergan yoki undan olgan kishining uyida baraka boʻladi. Oʻzini oʻliklar ichida, ular bilan birga yurganini koʻrgan kishining ajali yaqin boʻladi.

Uyida oʻlik koʻrgan kishining ajali yetadi. Tushida sevgan kishisini oʻldirgan kimsaning doʻstligi mustahkamlanadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda emizish nimani bildiradi

23-noyabr, 201912.4K
Tush tabiri

Tushda shayton koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20196.3K