🌙 Tush tabiri

Tushda emizish nimani bildiradi

2 daqiqa 12.4K marta oʻqildi
Tushdagi siyna mol-davlatdir. Emish foydalanishdir. Taʼbir shunga asoslanadi.

Tushda bola emizish
Biror erkak tushida bola emizayotgani koʻrsa, gʻamga botadi. Biror kishining koʻkragidan sut emganini koʻrgan kishi qamaladi. Ayolning tushida oʻz bolasini emizish bolaning yaxshi inson boʻlishidan dalolatdir. Ayol oʻz koʻkragini emayotganini koʻrsa, qizi meros oladi.

Tushda erkak xotinining koʻkragini emganini koʻrsa
Erkak xotinining koʻkragini emganini koʻrsa, xotini orqali boyib ketadi. Ayol tushida boshqa ayolni emsa, sut kelsa, moddiy manfaat koʻradi; sut kelmasa, ayol ayolga oshiq boʻladi. Bir erkak bir necha ayolning koʻkragidan ushlab emganini, biroq sut chiqmaganini koʻrsa, juda jirkanch munosabat: erkakning erkakka ragʻbati yuzaga keladi.

Biror hayvonning yelinidan sut emganini koʻrgan kishi qiynalmay boylik topadi, yelinidan boshqa joydan emib sut chiqqanini koʻrsa, qiyin ishni foyda bilan yakunlaydi. Barmoqlari yoki qoʻlidan sut emganini koʻrgan kishi doimo, har masalada ustunlik qiladi.

ERKAK

Tushida tanish erkakni koʻrish boylikdir. Keksa, sochlari oqargan erkakni koʻrish — moʻl va halol mol-mulk daragi. Notanish erkakni koʻrish kam harakat evaziga koʻp boylikka erishishni bildiradi.

Soch-soqoli oqargan qariyani koʻrish boylik, hurmat va kuchning kamayishiga ishoradir. Bunday kishidan biror narsa olish (har qancha katta boʻlsa ham) kichkina narsalarni bildiradi.

echki

Tushda koʻrilgan echki taʼbiri qoʻyniki kabidir. Taka, qoʻchqor, uloq, qoʻzining taʼbiri ham shunday. Tushda echki olgan kishining xotini tarbiyasiz, murosa qila olmaydi- gan ayol boʻladi.

CHIROQ

Tushda chiroq yonib turgan boʻlsa, manfaat, qiziqtirgan masala boʻyicha maʼlumot, muvaffaqiyat, Allohning madadi, shifo, ishlarni yoʻlga qoʻyishdan darak beradi. Chiroqning oʻchishi balo-qazo yoki davlat tomonidan keladigan zararga ishoradir. Chiroq yoki qandili qoʻlida oʻchib qolganini tush koʻrgan bemor vafot etadi.

CHODIR

Tushida katta chodir qurilganini koʻrgan kishi qudrat va imkoniyatga ega boʻladi. Sahroda katta chodir koʻrish u yerda shahidning harbi borligiga ishoradir. Tushda koʻrilgan chodir safar, qabr, umr yoʻldoshi, uy tarzida taʼbirlanadi. Oʻz chodiri yigʻib qoʻyilganini koʻrgan kishining ajali yaqindir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda oʻlik biror bersa nima boʻladi

24-noyabr, 20193.5K