Tushda tobut koʻrsa nima boʻladi
Miller tush taʼbirida
Tushda motom
Tushda tobut koʻrsa – siz uchun qadrli dustingiz ketishi va katta chiqim qilasiz ekan. Agar siz tushingizda tobut koʻrsangiz, gullar sepilgan – omadsiz oila deb taʼbir qilinadi. Dehqonlar bunday tush koʻrsa xosili yaxshi boʻlmaydi va moli kasal boʻladi. Ishbilarmon odamlarga bunday tush –omadsizlik. Yoshlar uchun omadsiz turmush. Xarakatlanayotgan toburni koʻrish: kasal boʻlishi mumkin. Agar siz tushingizda tobut ichida yotsangiz yoki oʻtirsangiz, qilgan ishlaringizdan afsus chekasiz, jiddiy kasallikdan ehtiyot boʻling.
Svetkova tush taʼbirida
yasash — toʻy;
Tushda tobut koʻrsa
Zabt etish, omadga; tobut ichida boʻlsangiz — kayfiyat tushishmga, ishdan chetlashish; tobut ichida — tan olishga.
Tobut tushda
Nostradamus tush taʼbirida
Tobut –bu vaqt bilan bogʻlik. Tobut ichida oʻzingizni koʻrsangiz – siz meros olar ekansiz. Tobutni toʻxtatish va tobut buzilishini oldini olish – siz bir sirni guvohi boʻlasiz, siz bu sirni sir tutishingiz kerak ekan. Tobutni izlash – ruhiy tiklanish. Olov ichida tobutni koʻrsangiz – bu qora kuchlar bilan kurashish, sexr-jodu bilan kurash, qora kuchlarni yoʻq qilishga urinish, bu sizga oʻz tasirini koʻrsatayotgan ekan. Tobutni suv bilan toʻldirilganini koʻrsangiz – sir oshkor boʻlar ekan, zotingizga oid.
Nimaga tushga tobut kiradi
Vanga tush taʼbirida
Tobutni koʻtarib ketayotgan motom marosimini koʻrish. Oʻngingizda hayot tarzingizni oʻzgartirishingiz zarur ekan. Boʻsh tobut – yurakdan siqilishga. Agar siz tushingizda tobut koʻtarib ketayotgan boʻlsangiz – siz oʻngingizda notoʻgʻri ish qilarkansiz, bu esa yaqiningizga koʻp tashvish olib kelar ekan.
TOBUT
Tushda koʻrilgan tobut katta boylikdir. Tobut ichida yotganini koʻrgan kishi saltanatni egallaydi. Tushida oʻziga tobut berilganini koʻrgan kishi ilm va boylik egasi boʻladi. Boʻsh tobut koʻrish xafagarchilik, baxtsizlik va safar, deb taʼbir qilinadi.
SHAM
Qoʻliga sham olib yoqqanini koʻrgan kishi goʻzal ayolga uylanadi. Tush koʻrgan kishi oilali boʻlsa, farzand koʻradi. Musofirlikda boʻlsa, yurtiga qaytadi, qadrdonlari bilan koʻrishadi. Tijoratchi boʻlsa, koʻp foyda koʻradi. Boy boʻlsa, boyligi yanada koʻpayadi. Bunday tushni shaharda yoki oʻz uyida koʻrgan kishi yurt ulugʻlaridan hurmat koʻradi, quvonadi, rohat-farogʻatda yashaydi.
SHAMOL
Tushda shamol koʻrish tush koʻrgan kishining ahvoliga qarab turlicha taʼbir qilinadi. Kuchli shamol jamiyatga taʼsir koʻrsatadigan qiyinchiliklarga; chang-toʻzon bilan esib, daraxtlarni sindirgan, agʻanatgan shamol oʻlimga sabab boʻluvchi yuqimli kasalliklar va falokatlarga ishora- dir. Samum (choʻl shamoli) isitma bilan kechadigan ogʻir kasalliklarga, sovuq shamol qon-tomir, asab kasalliklariga ishoradir. Tushda yengil shabada esganini koʻrish quvonchli xabar daragi. Shamol kuchi olib ketganini koʻrgan kishi uzoq safarga chiqadi. Shamolda uchganini koʻrgan kishi mashhur boʻladi. Yoqimli shabadalar Alloh tomonidan yuborilgan xushxabardir.
Tushda shatranj
Tushida shatranj oʻynaganini koʻrgan kishi dinga muvofiq kelmaydigan ish qiladi. Shatranjda raqibini yutganini koʻrgan kishi dushmanidan ustun keladi. Tushda shatranj va shunga oʻxshash oʻyinlar oʻynaganini koʻrish hiyla va janjal, deb taʼbir qilinadi.
Tushda shaqol
Tushda shaqol koʻrish tush koʻrgan kishining zolimning hiylasiga aldanib azob chekishiga ishoradir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!